Chexiya bosh vaziri «diplomat» niqobi ostidagi rossiyalik razvedkachilar chiqarib yuborilishini ma'lum qildi
Chexiya bosh vaziri Andrey Babishning ma'lum qilishicha, GRU sobiq polkovnigi va uning qizi zaharlangani tufayli rossiyalik diplomatlar emas, balki «deklaratsiya qilinmagan razvedkachilar» chiqarib yuboriladi. Bu haqda u feysbukda yozdi.
«Diplomat» so‘zi chiqarib yuborish nuqtai nazaridan olib qaralganda noto‘g‘ridir. Aslida ular «deklaratsiya qilinmagan razvedkachilar» deb ataladi. Chexiyada ularning soni Yevropa bo‘ylab eng ko‘pdir», - deya yozgan Babish.
Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar agarda «deklaratsiya qilinmagan razvedkachilar» Chexiya uchun yaxshi nimadir qilmoqda deb o‘ylashsa, qattiq yanglishadilar.
«Garchi Buyuk Britaniya Yevroittifoq tarkibidan chiqayotgan bo‘lsada, biz Yevropa kuchli va birdam bo‘lib qolishi uchun barcha ishni qilishimiz lozim. Buning ustiga Britaniya NATOning ko‘zga ko‘ringan a'zosi hamda, Yevropa va transatlantik xavfsizlik nuqtai nazaridan – Chexiya uchun muhim hamkor. Shuning uchun, yana bir bor qaytaraman, Britaniyani biz qo‘llab-quvvatlashimiz kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Babish.
Shuningdek, u Rossiya tomonining «Novichok» Chexiya hududida ishlab chiqarilishi bo‘yicha ayblovlarini rad etdi.
Mavzuga oid
20:22 / 08.01.2025
Xitoy Rossiyaning maxfiy floti uchun portlarni yopmoqda – OAV
19:23 / 08.01.2025
Kurskka hujum ko‘lami qanday va undan maqsad nima?
18:33 / 08.01.2025
2024 yilda 80 mingdan ortiq migrant Rossiyadan chiqarib yuborildi
14:44 / 08.01.2025