Eng xavfsiz batareyalarga ega 5 ta smartfon ma'lum qilindi
IGN Tech agentligi mutaxassislari eng xavfsiz va ishonchli batareyalarga egaligi bilan ajralib tura oladigan 5 ta smartfondan iborat reytingni tuzishdi. Bu haqda HotGeo portali xabar bermoqda.
Ko‘pchilik foydalanuvchilar yangi smartfonlarining batareyalari vaqt o‘tishi bilan shishib, portlab ketishi mumkinligidan xavotir bildirishadi. Aynan shunday holat avvalgi yil Samsung smartfonlari bilan yuz bergandi. Amerikalik mutaxassislar smartfon bozoridagi barcha yangi qurilmalarni o‘rganib, batareyalari mutlaq xavfsiz hisoblanuvchi 5 gadjyet mavjudligi haqidagi fikrga kelishdi.
Reytingda 1- va 2-o‘rinlar iPhone X va iPhone 8 Plus smartfonlariga berildi. Bu qurilmalarning batareyalari sig‘imi mos ravishda 2716 mA-soat va 2675 mA-soatni tashkil qiladi.
3-o‘ringa batareyasi sig‘imi 3000 mA-soatni tashkil qiluvchi Samsung Galaxy S8 loyiq deb topildi. Shuningdek, reytingda mos ravishda 4- va 5-o‘rinni egallagan, batareyalari sig‘imi 2700 mA-soat bo‘lgan Google Pixel 2 va 3300 mA-soat bo‘lgan LG V3 ham eng xavfsiz smartfonlar deb topilgan.
Mavzuga oid
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
12:58 / 13.11.2024
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
14:35 / 09.10.2024
Eksperiment: Ma’ruzada smartfonlardan qisqa muddat foydalanish talabalarga diqqatni jamlashga yordam berishi mumkin
10:30 / 09.10.2024