Toshkent konferensiyasida “Tolibon” harakati vakillari ishtirok etmaydi
Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish muammolariga bag‘ishlangan Toshkent konferensiyasida “Tolibon” harakati vakillari ishtirok etmaydi. Konferentsiya matbuot markazi rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra,
Bugun 26 mart kuni Toshkentda Afg‘oniston muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshlash arafasida. «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik». Xalqaro konferensiya ayni shu nom ostida tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan Xalqaro simpoziumlar saroyida Toshkent konferensiyasi dasturiga doir matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi.
Anjuman matbuot markazi rahbari Sh.Qudratxo‘jayevning ma'lum qilishicha, Toshkent konferensiyasining asosiy voqealari 27 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma'ruza qiladi. Shuningdek Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani ham qatnashadi.
Matbuot markazi Sh.Qudratxo‘jayev Afg‘oniston masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaning ahamiyatiga to‘xtalar ekan, “Tolibon” harakati vakillari ushbu anjumanda ishtirok etmasligini bildirib, “konferensiya bir kunlik voqea-hodisa emas, balki biz uzun yo‘lning boshida turibmiz”, - degan fikrni bildirdi.
Mavzuga oid
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
17:52 / 07.12.2024
Qirg‘iziston prezidenti AQSh va Yevropani «Tolibon»ni tan olishga chaqirdi
17:43 / 03.12.2024
Afg‘onistonda TAPI gaz quvuri qurilishi boshlandi
17:22 / 17.11.2024