O‘zbekiston | 13:11 / 26.03.2018
27427
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi tashkil etilmoqda

Foto: Xalq so‘zi

Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta tashkil ishlash hajmlarini ko‘paytirish hamda eksport qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bergan.

Qarorga binoan tashkil etilayotgan Kavrak yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi, shu jumladan kavrak plantatsiyasini tashkil etuvchilarga plantatsiya tashkil etish va xom ashyo yetishtirish yuzasidan metodik yordam ko‘rsatish va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Qaror bilan kavrak plantatsiyalarini tashkil etish parametrlari tasdiqlandi.

Xususan, 2018-2021 yillarda jami 9500 gektar joyga kavrak ekilib, undan 2 550 tonna hosil olinishi rejalashtirilgan.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlariga ikki oy muddatda kavrak o‘sadigan hududlarni xatlovdan o‘tkazish va aniqlangan zaxira yer maydonlarini doimiy foydalanish uchun uyushma a'zolariga ajratib berilishini ta'minlash vazifasi yuklandi.

Mavzuga oid