O‘zbekiston | 12:24 / 27.03.2018
11027
2 daqiqa o‘qiladi

Mogerini: «Toliblarning Kobul bilan muzokaralari uchun sanksiyalar ro‘yxatini o‘zgartirishga tayyormiz»

Foto: KUN.UZ

YeI tinchlikka intilayotgan toliblar Afg‘onistondagi muzokaralarda ishtirok etishi uchun sanksiyalar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritishga tayyor. Bu haqda YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini ma'lum qildi.

"Biz Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining toliblar bilan tinch bitim bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Aniq nima qila olamiz? Diplomatik tomondan sanksiyalarga tushganlarni ro‘yxatdan olib tashlash uchun yordam berishimiz mumkin. Hamda biz qurolini tashlagan shaxslar bilan ishlashga tayyormiz", - deya aytib o‘tdi Mogerini Toshkentdagi Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada chiqish qilib.

"Hamon urush olib borayotganlarga esa shunday deymiz: muloqot va sulh yo‘lini tanlang, tinch muzokaralarni boshlang. O‘shanda biz sizlarni bu muloqotda qo‘llab-quvvatlaymiz", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Mogerini.

"Prezident G‘ani foydalanilishi kerak bo‘lgan imkoniyatlar haqida gapirdi. Endi “Tolibon” radikal harakati qaror qabul qilishi va qat'iylik ko‘rsatishi, bu imkoniyatdan foydalanishi hamda tinchlikni o‘rnatishga harakat qilishi lozim", - deya aytib o‘tdi Mogerini.

“Tolibon” harakatining Afg‘onistondagi tinch jarayonda ishtiroki istiqbollari mamlakatdagi vaziyatni yaxshilash uchun yaxshi imkoniyatga aylanishi mumkin, degan Federika Mogerini.

"O‘tgan oyda Afg‘oniston prezidenti “Tolibon”ga aniq taklif berdi. Bu Afg‘onistondagi tinch jarayonda ishtirok etishni boshlashga aloqador bo‘ldi. Bu tinchlik uchun yaxshi imkoniyat", - deya aytib o‘tdi Mogerini konferensiya ochilishida.

Mogerinining ta'kidlashicha, YeI va xalqaro hamjamiyat Afg‘oniston hukumatini mamlakatda tinch jarayonni yo‘lga qo‘yishda qo‘llab-quvvatlashi darkor.

Mavzuga oid