O‘zbekiston | 14:18 / 27.03.2018
11800
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Mavlut Chovusho‘g‘lini qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, prezident «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lini qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Federika Mogerini va Sergey Lavrovni qabul qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid