O‘zbekiston | 07:51 / 29.03.2018
6651
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat organlari yuridik xizmati xodimlari malakasini oshirish sayyor o‘quv kurslari tashkil etilmoqda

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublikadagi barcha viloyatlarda davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha sayyor o‘quv kurslari tashkil etilmoqda. 

Rejaga ko‘ra Andijon viloyatida sayyor tartibda o‘quv mashg‘ulotlari Andijon Davlat universitetida o‘tkazilmoqda.

Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati 
Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati 

Sayyor o‘quv mashg‘ulotlarida 100 nafar yuridik xizmat xodimi hamda 72 nafar advokat malakasini oshirmoqda. Shu bilan birgalikda Andijon viloyat adliya boshqarmasi hamda Adliya vazirligi huzuridagi yuristlar malakasini oshirish markazi xodimlari tomonidan joylarda turkum uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.   

Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati 
Foto: Adliya vazirligi axborot xizmati 

 

Mavzuga oid