Mey va Merkel «Rossiya tajovuzkorligi kuchayishiga» qarshi birga kurashishga kelishib oldi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey va Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zaro telefon muloqoti vaqtida «Rossiya tajovuzkorligi kuchayishiga» qarshi kurash ustida birgalikda ishlashga kelishib oldi. Bu haqda Britaniya hukumati saytida xabar qilingan.
«Kantsler va bosh vazir Rossiya tajovuzkorligi kuchayishiga qarshi turish uchun birgalikda ishlashni davom ettirish lozimligini qayd etdi», - deyiladi bayonotda.
Shuningdek, Mey Merkelga Solsberidagi hodisadan so‘ng «kuchli qo‘llab-quvvatlov va birdamlik» ko‘rsatilgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi tufayli rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgan barcha davlatlarga minnatdorlik bildirgandi.
Mavzuga oid
22:12 / 06.01.2025
Ilhom Aliyevning aviahalokat haqidagi bayonoti kremlebotlar hujumiga uchradi
17:56 / 06.01.2025
Qanot Sharq aviakompaniyasi bir qator reyslarni bekor qildi
17:26 / 06.01.2025
Rossiyaning Voronej oblastida migrantlarga yana bir necha sohada ishlash taqiqlandi
15:29 / 06.01.2025