O‘zbekiston | 10:40 / 29.03.2018
54385
1 daqiqa o‘qiladi

Senatning XIV yalpi majlisida Rustam Inoyatov ishtirok etmoqda 

29 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIV yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Unda 78 nafar senator ishtirok etmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri. 

Ayni paytda Senat yalpi majlisida senatorlar safiga yangi qo‘shilgan O‘zbekiston Respublikasi sobiq Milliy xavfsizlik xizmati raisi, ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatchisi Rustam Inoyatov ishtirokchilarga tanishtirildi. 

Senatning XIV yalpi majlisi kun tartibiga yangi tahrirdagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida“gi, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida“gi qonunlar kiritilgan. Shunday qilib, majlis kun tartibiga 20 masala kiritilgan, ulardan 13tasi qonun hisoblanadi. 

Ikki kun davomida senatorlar qonunlardan tashqari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Markaziy bankning 2017 yildagi faoliyatiga doir hisobotini eshitadi.

Mavzuga oid