Sport | 21:50 / 30.03.2018
6438
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Shimoliy Koreya sport vaziri bilan uchrashdi 

Foto: EPA-EFE/JEON HEON-KYUN

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va Shimoliy Koreya jismoniy tarbiya va sport vaziri Il Guk Kim 30 martda XOQ delegatsiyasining Pxenyanga tashrifi vaqtida uchrashuv o‘tkazdilar. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar bermoqda. 

“Jismoniy tarbiya va sport vaziri, Shimoliy Koreya Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari  Il Guk Kim Tomas Bax boshchiligidagi XOK delegatsiyasi bilan uchrashib, Mansude majlislar zalida suhbatlashdi”, deb aytilgan xabarda.

Shuningdek, Bax 1989 yilda qurilgan, ko‘p vazifali “Birinchi may stadioni” va Pxenyandagi boshqa sport obektlariga tashrif buyurgan. 

Avvalroq Bax Shimoliy Koreya terma jamoasini 2020 yilgi Olimpiadada ishtirok etishini ilgari surishda ko‘mak bermoqchiligini aytgan. 2018 yilgi Pyongchangdagi Olimpiadada XOQ shimoliy koreyalik sportchilarga Olimpiadada ishtirok eta olishlari uchun qo‘shimcha kvotalar bergan.   

 

Mavzuga oid