Jahon | 22:50 / 30.03.2018
69907
2 daqiqa o‘qiladi

Inson organizmida yangi a'zo topildi

Foto: pixabay

Amerikalik olimlar navbatdagi tadqiqot vaqtida inson organizmida yangi a'zo – suyuqlik bilan to‘la bo‘lgan va tana a'zolarining birlashtiruvchi to‘qimalariga kirib boruvchi mikroskopik kanallar tarmog‘ini aniqlashdi.

Kashfiyot bemor endoskopik ko‘rik qilinayotgan vaqtda tasodifan ochilgan. Uning ovqat hazm qilish tizimi tekshirilgan.

Olimlarning fikricha, bu tarmoq amortizatsiyalovchi funksiyaga ega bo‘lib, ichki a'zolarni himoya qiladi. Olimlarning taxminicha, shu bilan birga ushbu ochiq tarmoq saraton metastazlarining paydo bo‘lishiga ko‘mak berishi mumkin. Bu kanallar orqali saraton hujayralari limfatik tizimga kirib, u orqali butun organizm bo‘ylab tarqalishi mumkin.

Olimlar tananing qolgan joylarini tekshirib, bunday kanallarni burun bo‘shlig‘ida ham aniqlashgan. Olimlarning aytishicha, bu kanallar deyarli barcha a'zolarda bor. U taxminan inson tanasidagi barcha suyuqlikning beshdan bir qismini o‘zida saqlaydi.

Avval bu a'zoni aniqlashning imkoni bo‘lmagan, chunki to‘qimalar tadqiqotining standart usullarida suyuqlik oqib ketishi va kollagen tolalar parchalanishi yuz bergan va shu sababli u payqalmas bo‘lgan.

Shifokorlarning taxminicha, kanallar tarkibini bilish saratonni erta aniqlashda ko‘mak berishi mumkin. 

 

Mavzuga oid