O‘zbekiston | 09:37 / 30.03.2018
36987
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston – Qirg‘iziston chegarasida qurollangan shaxslardan iborat ikki guruh ushlandi

2018 yilning 27 mart kuni Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Ola-Bo‘ka tumani Besh-Tosh qishlog‘ida Ola-Bo‘ka chegara otryadi chegarachilari Qirg‘iziston Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi hududiy bo‘linmasi xodimlari bilan birgalikda Qirg‘izistonning besh nafari fuqarosini qo‘lga olishdi. Bu haqda Qirg‘iziston chegara xizmati xabar berdi.

Dastlab, Qirg‘izistonning ikki fuqarosi ushlandi, ularning yonidan 12 mm kalibrdagi 1ta vintovka (soyli miltik), 1ta TOZ-8 vintovkasi, 3ta qo‘lbola patron va 1ta zavodda ishlab chiqarilgan patron topildi. Shu bilan birga, qo‘lga olingan shaxslarning yonida qurol uchun ruxsat beruvchi hujjatlar bo‘lmagan. Qo‘lga olinganlarning so‘zlariga ko‘ra, ular Besh-Tosh qishlog‘iga baliq ovlash maqsadida kelgan.

Oradan bir soat o‘tib chegarachilar Qirg‘iziston fuqarolaridan iborat boshqa bir guruhni qo‘lga oldilar, ularning yonidan ham 12 mm kalibrlik SARSILMAZ 1ta besh zaryadli vintovka, 25ta zavodda ishlab chiqarilgan patron va 4ta qo‘lbola patron topilgan. Qo‘lga olinganlardan uch nafarining ma'lum qilishicha, ular ovga chiqqan, biroq o‘lja ham, qurol uchun ruxsatnomalari ham bo‘lmagan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng qo‘lga olingan shaxslar va ularning qurol-yarog‘lari Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirilgan.

 

Mavzuga oid