Rossiya elchixonasi xodimlari Yuliya Skripalning oldiga kirishmoqchi
Buyuk Britaniya Rossiya tomonining shifoxonada qolayotgan Yuliya Skripalning oldiga kirish bo‘yicha murojaatini o‘rganib chiqmoqda. U Solsberida otasi bilan birga asab-falajlovchi moddadan zaharlangan edi, deb xabar bermoqda Sky News.
«Biz xalqaro va ichki qonunchilikdagi majburiyatlarimizga muvofiq, shuningdek, Yuliya Skripalning huquq va xohish-istaklarini inobatga olgan holda konsullikning bunday murojaatini ko‘rib chiqmoqdamiz», - deya aytib o‘tdi Buyuk Britaniya TIV matbuot xizmati vakili.
Avvalroq Rossiya elchixonasi Londondagi rossiyalik diplomatlar Yuliya Skripal bilan uchrashishga harakat qilishayotgani haqida xabar bergandi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Yuliya Skripalning ahvoli haqida yangi ma'lumotlar berilgandi.
Mavzuga oid
11:34
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
10:30
Rossiya yuk kemasining O‘rta Yer dengizidagi halokati. Hozirgacha nimalar ma’lum?
08:36