O‘zbekiston | 18:31 / 02.04.2018
34038
2 daqiqa o‘qiladi

DXX raisi ShHT MATT direktori bilan uchrashdi 

Foto: ecrats.org

2018 yilning 30 mart kuni ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasi qarorgohida ShHT MATT ijroiya qo‘mitasi direktori Ye.Sisoyevning O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi Ixtiyor Abdullayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ijroiya qo‘mitasi direktori O‘zbekiston DXX raisini ShHT MATT shakllanishi va rivojlanishi tarixi, uning tuzilmasi, vazifalari va asosiy ish yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Ta'kidlanishicha, MATTning so‘nggi 15 yillik faoliyati davomida ShHTga a'zo davlatlar tegishli organlari o‘rtasida o‘zaro ishonchli munosabatlar o‘rnatildi. U O‘zbekiston va uning Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan berilayotgan ko‘mak uchun minnatdorlik izhor qildi.

Ixtiyor Abdullayev MATT mintaqaviy xavfsizlik tizimi va terrorizmga qarshi kurashish choralarini yo‘lga qo‘yishda muhim o‘rin tutishini, shuningdek, ShHTga a'zo davlatlar tegishli organlari o‘rtasidagi ishonchli munosabatlarni saqlab qolish va rivojlantirish lozimligini qayd etdi.

Mavzuga oid