Sport | 20:01 / 02.04.2018
15743
1 daqiqa o‘qiladi

Fergyuson Nurmagomedov bilan jangdan bosh tortgandan keyin UFC chempionligidan mahrum etildi

© AP Photo/John Locher

Aralash qoidalar jangchisi, amerikalik Toni Fergyuson rossiyalik raqibi Xabib Nurmagomedov bilan jang qilishdan bosh tortganidan keyin Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni maqomidan mahrum qilindi. Bu haqda rossiyalik menejyer Rizvan Magomedov ma'lum qilgan.

Bundan avvalroq Toni Fergyuson tizzasidan olgan jarohati tufayli jang bekor qilingani, uning o‘rniga tashkilotning yarim yengil vazn toifasidagi (66 kilogrammgacha) chempioni Maks Hollouey Nurmagomedovga raqib bo‘lishi ma'lum qilingandi.

Qayd etish kerakki, Fergyuson hamda Nurmagomedovning jangi to‘rtinchi marta bekor qilindi.

Fergyuson o‘z faoliyatida 26 marta jang qilib, 23 g‘alabaga erishgan va 3 marta mag‘lub bo‘lgan. Nurmagomedov esa 25 jangning barchasida g‘alabaga erishgan.

Mavzuga oid