London qotilliklar bo‘yicha ilk bor Nyu-Yorkni ortda qoldirdi – OAV
London oxirgi ikki oy – fevral-mart natijalariga ko‘ra ilk bor zamonaviy tarixda qotilliklar soni bo‘yicha Nyu-Yorkni ortda qoldirdi. Bu haqda The Independent on Sunday nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Londonda qotilliklar soni keskin oshishi kuzatilmoqda. Fevralda Londonda 15 ta, Nyu-Yorkda esa 14 ta qotillik sodir etilgan. London bu ko‘rsatkich bo‘yicha AQShning eng yirik shahrini martda ham ortda qoldirdi: 22 ta qotillikka 21 ta qotillik.
Sovuq qurol ishlatilgan holda sodir etiluvchi jinoyatlar hozirda Angliya va Uelsda 2011 yildan beri maksimal darajada bo‘lmoqda, u o‘tgan yil 12 foizga oshgan.
London va Nyu-York shaharlarning ma'muriy chegaralari hisobga olinsa, aholisi soni bo‘yicha deyarli teng (mos ravishda, 8,8 va 8,6 mln kishi). Biroq Nyu-York o‘z atrofidagi hududlar bilan hisoblansa, aholisi Londonnnikidan ancha ko‘proqni tashkil qiladi.
Shu bilan birga London an'anaviy ravishda Nyu-Yorkka nisbatan xavfsizroq shahar hisoblanadi. O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, Londonda sodir etilgan qotilliklar soni Nyu-Yorkdagidan 2 barobar kam bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:25 / 13.12.2024
Londonda 300 metrli ofis binosini qurishga ruxsat berildi
17:33 / 02.12.2024
Yana London - dunyoning eng yaxshi shaharlari e’lon qilindi
11:15 / 29.11.2024
Londondagi sudda ikki bolgar RF uchun josuslik qilganini tan oldi
12:52 / 26.11.2024