Jamiyat | 01:07 / 03.04.2018
30204
2 daqiqa o‘qiladi

14 kunda qoraytirilgan oynali 490ta ​mashina egalari jarimaga tortilgan

Joriy yil 19 mart – 1 aprel kunlari O‘zbekiston avtomobil yo‘llarida 257 marta yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati O‘zAga xabar qildi. YTH oqibatida 248 nafar fuqaro jarohatlangan, ularning orasida halok bo‘lganlar ham bor. 

Transport vositasining oynalarini me'yoridan ortiqcha qoraytirgan 490 ta, harakat vaqtida telefondan foydalangan 1 ming 512 ta va xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangan 32 ming 586 haydovchiga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilgan.​

O‘tgan 2 hafta davomida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan jami 160 ming 586 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Ularning 73 ming 737 tasi qo‘pol qoidabuzarlik sifatida qayd etilgan. Jumladan, 3 ming 210 nafar haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan, 25 ming 548 holatda belgilangan tezlik talabi buzilgan. 1 ming 775 haydovchi svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasiga amal qilmagan.

Mavzuga oid