Jahon | 15:03 / 03.04.2018
4012
1 daqiqa o‘qiladi

Fox Sky telekanalini Disney’ga sotishi mumkin

Foto: The Walt Disney Company

21st Century Fox Britaniyaning Sky telekanalini Walt Disney’ga sotib yuborishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Fox Sky’ning 61 foizini xarid qilish bilan bog‘liq muammoga yechim topish maqsadida shunday taklif bilan chiqmoqchi.

Fox vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Disney Sky News’ni xarid qilishga qiziqish bildirgan va bu Disney’ning 21st Century Fox aktivlarini sotib olish bo‘yicha bitim qanday kechayotganidan qat'iy nazar yuz berdi.

Bundan tashqari, Fox Sky News’ni qolgan Sky’dan 15 yillik operativ erkinlik bilan ajratishni, shuningdek, Fox kafolati ostida moliyalashtirishni taklif qilgan.

Mavzuga oid