Sport | 15:52 / 03.04.2018
7739
3 daqiqa o‘qiladi

Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun sport bayrami o‘tkazildi

3 aprel kuni Toshkent shahridagi imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun  ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va kollej tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Navro‘z” bayramiga bag‘ishlangan stol tennisi, shashka va mini-futbol musobaqalarini o‘tkazdi. Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi vakillari KUN.UZ'ga shu haqida xabar berishdi. 

Unga ko‘ra, mazkur bayram musobaqalari O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahri (Yaponiya)da bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi to‘g‘risida”gi PQ-2821-sonli qarorlarida va 2017 yil 1 avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-5006-sonli farmoyishlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, Respublikada imkoniyatlari cheklangan insonlarni sportga jalb qilish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport va jismoniy tarbiya orqali imkoniyatlari cheklangan bolalarni jamiyatga integratsiyalash va hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirish maqsadida tashkil etilgan. 

Foto: Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi
Foto: Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi
Foto: Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi
Foto: Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi
Foto: Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi
Foto: Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi
Foto: Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi

Musobaqalarda 80 dan ortiq bola ishtirok etdi. Barcha musobaqa ishtirokchilariga O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida musobaqada el suygan san'atkorlar o‘zlarining chiqishlari va tilaklari bilan bolalarni xushnud qilishdi.

Mavzuga oid