Jahon | 08:25 / 05.04.2018
33237
1 daqiqa o‘qiladi

KQTTda Skripal ishi bo‘yicha Rossiyani qo‘llab-quvvatlagan davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor

Foto: PA via AP/TASS

Rossiyaning Niderlandiyadagi elchixonasi qaysi mamlakatlar KQTT (Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot)da Rossiyaning GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi bo‘yicha ish yuzasidan qo‘shma bayonotini qo‘llab-quvvatlagani haqida ma'lumot berdi. Bu haqda diplomatik missiya tvitterdagi sahifasida yozgan.

Xabarda barcha davlatlar emodzi shaklida keltirilgan. Ular orasida Belarus, Suriya, Qozog‘iston, Armaniston, Ozarboyjon, Eron, Venesuela, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston, Nikaragua va Kuba bor.

Rossiyaning KQTTdagi doimiy vakili Aleksandr Shulginning aytishicha, tashkilotda Rossiya, Xitoy va Eronning Skripal ishi bo‘yicha taklifiga Britaniya hamda AQSh, shuningdek, YeI davlatlari va “Osiyodagi ba'zi Amerika ittifoqchilari” qarshi chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilotdan Skripal ishi bo‘yicha javoblarni olgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid