Jahon | 14:41 / 05.04.2018
19655
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: G‘arb endi bir tomonlama o‘yin qila olmaydi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning fikricha, G‘arb Rossiya hisobidan bir tomonlama ustunlikka ega bo‘lishga urinmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«G‘arbda shuni tushunishlari kerakki, endi bir tomonlama o‘yin bo‘lmaydi, bunda bizning hisobimizdan bir tomonlama ustunlikka erishish umuman istiqbolsiz narsa», - deya aytib o‘tdi Lavrov Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasida.

Vazirning ta'kidlashicha, Rossiya g‘arb davlatlari o‘rtasidagi keskin munosabatlardan manfaatdor emas.

«Biz hech kimga hech narsani majburlab o‘tkazmayapmiz, o‘zgacha ekanimizga da'vo qilmayapmiz va o‘zimizga erk bermayapmiz. Sheriklar bilan munosabatni yo‘lga qo‘yib, xalqaro normalardan kelib chiqamiz, BMT markaziy rolini tan olamiz, boshqa millatlar va xalqlar manfaati, an'analari, o‘zligini hurmat qilamiz, keskinlik, qurollanish poygasiga kirishishdan manfaatdor emasmiz. Biroq Rossiya o‘z manfaatlari, suvereniteti, mustaqilligini aniq yo‘naltirilgan holda va samarali himoya qiladi, o‘zimizning tasarrufimizda bo‘lgan barcha arsenaldan foydalanamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Lavrov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov AQSh bilan kelishib olish qiyin ekani haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid