O‘zbekiston fuqarosi soxta Qirg‘iziston pasporti bilan qo‘lga olindi
Qirg‘izistonning "Aq-Jol avtodorojniy" nazorat-o‘tish punkti chegarachilari Qozog‘istonga soxta Qirg‘iziston pasporti bilan o‘tishga uringan O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olishdi. Bu haqida 24.kg nashri QR Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi va Davlat chegara xizmati matbuoti vakillari ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko‘ra, hujjatda suratning qisman soxtalik belgilari aniqlangan. Tekshiruv davomida gumondor O‘zbekiston fuqarosi ekaniga iqror bo‘lgan. Erkakning so‘zlariga ko‘ra, u O‘shda soxta Qirg‘iziston fuqarosi pasportini olgan.
Uning soxta pasportdan foydalanishiga Rossiya hududiga o‘tishi taqiqlangani sabab bo‘lgan.
Hujjatlar rasmiylashtirilganidan keyin O‘zbekiston fuqarosi QR Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi hududiy bo‘linmasi xodimlariga topshirilgan.
Mavzuga oid
13:18
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
23:10 / 23.12.2024
Rossiya Qozog‘istonda 7 mln dollarlik firibgarlik ishida ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini ekstraditsiya qildi
18:02 / 23.12.2024
Sadir Japarov Farg‘ona viloyati hokimini «Dank» ordeni bilan mukofotladi
17:23 / 21.12.2024