Jahon | 09:47 / 06.04.2018
7163
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh rossiyalik oligarxlarga qarshi sanksiyalarni bugun joriy etishi kutilmoqda
AQSh ma'muriyati rossiyalik qator siyosatchilar va tadbirkorlar uchun yangi sanksiyalar haqida juma, 6 aprel kuni e'lon qiladi. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Oq uy Rossiyadagi «hukmron elita»ning ba'zi vakillariga qarshi sanksiyalarni 6 aprel kuni joriy etish haqida qaror qabul qilgan. Shu bilan birga, cheklov choralari Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bo‘lgan oligarxlar, siyosatchilar va ittifoqchilarga qarshi qaratilgan bo‘ladi.
Ta'kidlanishicha, AQSh ma'muriyati tegishli bayonot bilan chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh rossiyalik oligarxlarga qarshi sanksiyalar joriy etishi xabar berilgandi.