Jahon | 13:01 / 06.04.2018
8931
1 daqiqa o‘qiladi

Dushanbeda zaharli moddalarga to‘la yaroqsiz konteynerlar topildi

Foto: CA-News

Dushanbeda kuchli ta'sirga ega bo‘lgan zaharli moddalar joylashtirilgan yettita konteyner topildi, deb xabar qilmoqda tojik OAV.

Xabarga ko‘ra, konteynerlar faoliyati tugatilgan zavodga tegishli bo‘lgan, ularda suyuq xlor va xladon saqlangan. Ular avariya holatida edi, Tojikiston FVQ xodimlari konteynerlarni “Tojikkimyosanoat” AJ tayyorlovchi zavodiga olib borishadi.

Respublika FVQdan aniqlik kiritishlaricha, topilgan kuchli ta'sirga ega zaharli moddalar atrof-muhit uchun xavf tug‘dirmaydi.

 

Mavzuga oid