Jamiyat | 10:07 / 06.04.2018
7104
1 daqiqa o‘qiladi

Payariq tumanida yong‘in, bir kishi vafot etdi

Illyustrativ foto

Samarqand viloyatining Payariq tumanida yong‘in yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 4 aprel kuni soat 10.50larda, Do‘stlarobod qishlog‘ida yashagan, 1957 yilda tug‘ilgan I.S.ning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. 

Yong‘in oqibatida uyning tomi, shifti va uy jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda, yong‘in o‘chirish vaqtida I.S. kuyish jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Yong‘in I.S. mast holda sigareta chekib uxlab qolishidan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Mavzuga oid