Jahon | 13:06 / 06.04.2018
28517
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xe 24 yilga qamaldi

Foto: Zuma\TASS

Seul markaziy sudi Janubiy Koreya sobiq prezidenti Pak Kin Xeni 24 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi. Sud yig‘ilishidan translyatsiya mamlakatdagi eng yirik telekanallar efirida uzatilmoqda.

Pak Kin Xe o‘tgan yilning mart oyi oxirida qo‘lga olindi. Unga 18 band bo‘yicha ayblovlar qo‘yildi, jumladan korrupsiya, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish, shuningdek, davlat ma'lumotini oshkor etish. Prokuratura sobiq prezidentga 30 yil va 118,5 mlrd vonlik jarima so‘radi (taxminan 95 mln dollar).

Korrupsiya mojarosi 2016 yilning oktabrida avj oldi, o‘shanda matbuotda janubiy koreyalik yirik korporatsiyalar, jumladan Samsung, mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xening dugonasi – Tsoy Sun Sil tomonidan tashkil etilgan jamg‘armalarga hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlov berilishi uchun yirik miqdorda pul o‘tkazgani ma'lum bo‘ldi. U hech qanday davlat lavozimlarini egallamagan holda, prezident ma'muriyati ishlariga aralashgan va yuqori aloqalaridan foydalanib manfaat ko‘rgan.

Taxminan ikki oy muqaddam Tsoy Sun Sil 20 yilga qamaldi. Shuningdek, u 16,56 mln dollar miqdorida jarima to‘lashi kerak.

Mavzuga oid