Jahon | 10:38 / 07.04.2018
18246
1 daqiqa o‘qiladi
OAV: Norvegiya aholisi sirena tovushini Rossiya bilan boshlangan urush signali sifatida qabul qildi
Norvegiyaning Vadse shahri aholisi to‘satdan yoqilgan sirenani eshitib, urush boshlangani haqida o‘yladi. Ushbu shahar Rossiya bilan chegaraga yaqin yerda joylashgan, deb xabar bermoqda NRK.
Ta'kidlanishicha, trevoga signali soat taxminan 23:50 (Toshkent vaqti bilan 3:50)da yoqilgan, uni o‘n besh daqiqadan so‘ng o‘chirishning uddasidan chiqishdi. Bu vaqt davomida aholi xavotirga tushdi, odamlarning aksariyati sirena tovushi yangray boshlaganida «sharqdagi qo‘shni» haqida o‘ylagan.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, ba'zilar urush boshlandi, deb ham o‘ylagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyalik general Rossiya va AQSh o‘rtasidagi ehtimoliy urush oqibatlari haqida aytgandi.
Mavzuga oid
00:31
Apple o‘zining onlayn do‘konidan mustaqil OAV ilovalarini o‘chirib tashlayotganiga izoh berdi
23:09 / 25.12.2024
Norvegiyada poyezdlar harakati butunlay to‘xtatildi
22:47 / 25.12.2024
Putin yana “tarixiy hududlar” haqida gapirdi. U qayerlarni aytyapti?
21:53 / 25.12.2024