Jahon | 17:27 / 07.04.2018
11824
2 daqiqa o‘qiladi

Skripalning qarindoshiga nega viza berilmagani aytildi

Foto: Reuters

«Bi-bi-si» rus xizmati Buyuk Britaniya hukumatining GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal qarindoshi Viktoriya Skripalga viza taqdim etishda nega rad javobi berilgani bo‘yicha bildirishnomasidan bir parcha e'lon qildi.

Xususan, ko‘rsatilishicha, konsul Viktoriyaning tashrifi maqsadi bo‘yicha ikkilanishga borgan.

«A). Siz Buyuk Britaniyada avval ham Sergey va Yuliya Skripalning oldiga borganingiz haqida hech qanday dalil yo‘q. V). Ayni damda Sergey Skripal mehmonlarni qabul qila olmaydi. S). Yuliya Skripal sizning kelishingizni xohlayotgani bo‘yicha ishonch yo‘q», - deyiladi konsullik bo‘limi maktubi matnida.

Shuningdek hujjatda ta'kidlanishicha, Viktoriya Skripal yo‘l xarajatlari va Buyuk Britaniyada uzoq vaqt qolishga mablag‘lari bor ekanini ko‘rsatmagan. U anketadagi tegishli joyga ayni damda hech qayerda ishlamayotgani, pullar, boshqa daromadlar yoki homiylar bo‘yicha savolga esa rad javobini bergan.

Mavzuga oid