Braziliyaning sobiq prezidenti politsiyaga taslim bo‘ldi
Braziliyaning sobiq prezidenti, korrupsiyada ayblangan Luis Inasiu Lula da Silva jazoni o‘tash uchun politsiyaga taslim bo‘ldi. Bu haqda Globo telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Lula da Silvani u 5 apreldan beri qolayotgan San-Paulu shtatidagi metallurglar kasaba uyushmasi binosidan 15 ta mashinadan iborat federal politsiya korteji olib ketgan.
Globo’ning ma'lum qilishicha, yaqin orada Lula da Silva barcha mahbuslar ta'minlanishi kerak bo‘lgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu ko‘rik qayerda o‘tkazilishi ma'lum qilinmagan.
Lula da Silvaning tarafdorlari uning mashinasiga metallurglar kasaba uyushmasi binosidan chiqib ketishiga ijozat berishmayotgandi. Shundan keyin sobiq prezidentning partiyadoshlari namoyishchilar oldiga chiqib, ularni Lula da Silvaga chiqib ketishga yo‘l berishga ko‘ndira olishgan.
Yanvar oxirida sobiq prezident korrupsiyadagi ayblov bo‘yicha 12 yil 1 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingandi.
Mavzuga oid
21:14 / 04.01.2025
Braziliyada Oqtov yaqinida halokatga uchragan AZAL samolyoti «qora qutilari»ni rasshifrovka qilish boshlandi
08:33 / 27.12.2024
Braziliya Oqtov yaqinidagi halokat yuzasidan tergovga qo‘shildi
13:53 / 25.12.2024
Braziliyada BYD zavodi qurilishi to‘xtatildi
22:52 / 24.12.2024