Markaziy Osiyoda suv masalasini tartibga solish uchun Rossiya delegatsiyasi ham taklif etildi
Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov Markaziy Osiyo suv resurslarini boshqarish masalasiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda Rossiya delegatsiyasini ham kutishini bildirdi. Vazir bu haqda 9 aprel kuni jurnalistlar savoliga javob berish davomida ma'lum qilgan.
Ma'lum qilinishicha, dushanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgan Sirojiddin Aslov keng jamoatchilikka o‘z fikrini aytgan.
Markaziy Osiyo suv resurslarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlari, bilvosita Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston tomonlari boshqaradi. Ayni masalani tartibga solish va kelgusida suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha mintaqa davlatlari bir stol atrofida yig‘ilishi kutilmoqda.
Mazkur anjuman joriy yilning 20-22 iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda o‘n yillik harakatlar rejasi qabul qilinishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston davlatlari ishtirokida tashkilotga a'zo davlatlar hududida terrorizmga qarshi kurashish va radikalizmni oldini olish masalasiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman ham o‘tkazilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:51 / 12.12.2024
Amerikalik tahlilchilar Trampga Markaziy Osiyoni e’tiborsiz qoldirmaslikni taklif qildi
18:38 / 11.12.2024
Markaziy Osiyoda odam savdosi ko‘rsatkichlari pasaymayapti – BMT
16:43 / 07.12.2024
Markaziy Osiyo aholisi soni 80 milliondan oshdi
17:22 / 19.11.2024