Jamiyat | 22:51 / 10.04.2018
23870
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent Islom instituti talabasi Qur'oni karimni bir o‘tirishda to‘liq yoddan o‘qib berdi

Foto: Azon.uz

9 aprel kuni Toshkent Islom instituti «Tahfizul-Qur'on» kafedrasining 2-bosqich talabasi Adhamjon qori Otaxonov o‘ttiz pora Qur'oni karimni kafedra ustozlari Jahongir qori Ne'matov, Islomxon qori Ubaydullayev, Ahmadxon qori Rashidov, Zafar qori Mahmudov, Jahongir qori Ro‘ziyev hamda Elyor qori Ahmatqulovga bir kunda, bir o‘tirishda yoddan o‘qib berdi. Bu haqda Azon.uz kafedra ma'muriyatiga asoslanib xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, Adhamjon qori bomdod namozidan keyin Qur'oni karimni o‘qib berishni boshlagan. Xufton namozidan keyin Qur'onni to‘liq o‘qib bergan.

Bundan avvalroq ushbu kafedra talabasi Fathulloh qori Dadayev Qur'oni karimni 58 kunda yodlay olgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent islom institutining «Tahfizul Qur'on» kafedrasi Qur'oni karimni yodlashga ixtisoslashgan yurtimizdagi yagona oliy dargoh bo‘lib, «Novza» masjidining imom xatibi Jaloliddin Hamroqulov kafedra mudiri hisoblanadi.

Mavzuga oid