Fan-texnika | 16:25 / 11.04.2018
7000
3 daqiqa o‘qiladi

 USENET 2018 rekord miqdordagi spikerlarning chiqishi kutilmoqda

Foto: USENET-2018

USENET 2018 xalqaro Digital anjumanida ilk marta O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘istonning 30dan ortiq kompaniyalarining vakillari ishtirok etishadi. Bundan tashqari, joriy yilda spikerlarning chiqishlari bir vaqtning o‘zida 3 ta seksiyada olib boriladi. Bu esa har bir tinglovchiga kun davomida o‘zi uchun qiziqarliroq bo‘lgan dasturni tanlab olishga imkon beradi. So‘nggi vaqtlarda eng ko‘p muhokama qilingan blokcheyn va kontent kabi mavzular anjuman diqqat markazida bo‘ladi.

Xalqaro ekspertlar safida Samsung, “Yandeks”, “Odnoklassniki”, Google, Mail.ru, Select Communication Group vakillarining chiqishlarini alohida ta'kidlab o‘tish mumkin. Beeline Uzbekistan, Click, Webnow, LeBazar, LeadREX kabi ko‘plab kompaniyalarning vakillari esa mahalliy spikerlar jamoasini tashkil qilishlari kutilmoqda. USENET ta'sis etilganidan boshlab o‘tgan vaqt davomida ilk marta Kun, Daryo, UZ24, UFF, Repost kabi O‘zbekistonning yetakchi OAV va boshqa media loyihalarining asoschilari hamda muharrirlari bir sahnada chiqish qilishadi.

Hozirdan aytish mumkinki, USENET 2018 doirasida blokcheyn va OAV faoliyatiga bag‘ishlangan 2 ta mavzudagi yalpi muhokamalar olib borilishi belgilangan. Kontent bo‘yicha yalpi muhokamalarda O‘zbekistonning yetakchi Telegram-kanallarining asoschilari ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, “Potrebitel.uz” hamjamiyati rahbari xam alohida ma'ruza bilan qatnashadi.

Ledokol Group media-agentligi tadbir tashkilotchilari sanaladi. Konferentsiya Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida tashkil etilmoqda.

Beeline Uzbekistan – konferensiyaning bosh hamkori hisoblanadi.

Samsung, Click, «Odnoklassniki» anjumanning homiylaridir.

Bosh axborot hamkori - Repost.uz. Anjumanning SMM-hamkori Africa agentligi.

Yoqimli an'anaga ko‘ra, anjuman  International Hotel Tashkent anjumanlar-zalining ikkita qavatida 27 aprelgacha o‘tkaziladi. Konferentsiyaga taklifnoma bilan kirish mutlaqo bepul. Buning uchun konferensiya rasmiy saytida ariza qoldirsangiz bas (http://usenet.uz).

Mavzuga oid