Jamiyat | 11:19 / 13.04.2018
10419
2 daqiqa o‘qiladi

Pamela Spratlen xonim «Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ldt.» MChJning Namangan filialiga tashrif buyurdi

2018 yil 12 aprel kuni, O‘zbekistondagi AQSh elchisi Pamela Spratlen xonim Farg‘ona vodiysi bo‘ylab o‘z tashrifi davomida MChJ «Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan, Ldt.» O‘zbek-Amerika qo‘shma korxonasining Namangan filialiga tashrif buyurdi.

Korxonaning Namangan filiali 1997 yildan buyon vodiy aholisini dunyoga mashhur bo‘lgan brend - «Coca-Cola» salqin ichimliklari bilan ta'minlab kelmoqda.

Elchini, kompaniyaning Bosh direktori Normatov Faxriddin To‘ychiyevich va Namangan viloyati hokimligi vakillari kutib oldilar.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayoni, ishchi xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, mahsulot sifatiga beriladigan e'tibor haqida ma'lumot berildi.

Joriy yilning birinchi choragida korxonaga 1 million yevrodan ortiq investitsiya kiritilgan bo‘lib, Germaniyaning KRONES kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, zamonaviy shisha idish yuvish uskunasi o‘rnatilganligi haqida ham ma'lumot berildi.

Spratlen xonim ishlab chiqarish jarayoni va Namangan zavodining umumiy holatini va 130 yildan buyon salqin ichimliklar bozorida mashhur bo‘lib kelayotgan «Coca-Cola» ichimligining sifatiga alohida e'tibor berilayotganligini yuqori baholadi.

AQSh elchisi tashrifi nihoyasida o‘z mamnuniyatini ifodalagan holda, korxona xodimlariga salqin ichimliklar bozorida yuqori o‘rinlarga erishishida omad tilab, o‘zaro mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istagini bildirdi.

Ma'lumot o‘rnida korxonaning Namangan filialida 260dan ortiq ishchi va xodimlar ishlab kelmoqda va korxona 4 ta xalqaro ISO 9001:2008, ISO14001:2004, OHSAS 18001:2007 va FSSC 22000 standartlar bo‘yicha sertifikatlarga ega. 

Mavzuga oid