Light | 17:15 / 13.04.2018
33596
2 daqiqa o‘qiladi

Erta o‘limning kutilmagan sabablari ma'lum qilindi

Foto: Reuters

Angliyaning Surreya Universiteti olimlari uyquga kech yotib, kech uyg‘onuvchi odamlar ("boyo‘g‘lilar")da erta o‘lim xavfi boshqalarga nisbatan yuqoriroq bo‘lar ekan. MedicalXpress'da shu haqida xabar berildi.

Tadqiqotda 38 yoshdan 73 yoshgacha bo‘lgan 433 mingdan ziyod kishi ishtirok etdi, bular to‘rt xronotipga ajratildi: ertalabki, me'yoriy ertalabki, kechki va me'yoriy kechki. Olimlar ko‘ngillilarni 6,5 yil davomida kuzatishdi.

Ma'lum bo‘lishicha, "boyo‘g‘lilar"da turli sabablarga ko‘ra, shu jumladan yurak-qon tomir kasalliklari natijasidagi o‘lim holati qolganlarga nisbatan 10 foizga yuqori bo‘lar ekan. Bundan tashqari, ular qandli diabet, psixologik va asab buzilishlaridan ko‘proq aziyat chekishar ekan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, inson xronotipi qaysidir darajada genetik tomondan aniqlanishini isbotlashning uddasidan chiqilsa, bu "boyo‘g‘li"lar uchun kundalik kun tartibiga, jumladan ish kuni boshlanadigan vaqtga ham o‘zgartirish kiritish zaruratiga ishora qiladi. Kech uxlab, kech turishga majbur kishilar o‘z biologik soatlarini surishning iloji yo‘qligi sabab "kunduzgi rejimdagilar"ga mo‘ljallangan dunyoda yashashadi, bu esa stress va sutkalik ritmdagi buzilishlarga olib keladi. 

Ma'lumki, yozgi mavsumga o‘tish yurak xuruji sonini oshiradi. Zero "boyo‘g‘li"-kishilarning taxminiy soni 1,3 milliard nafarni tashkil qiladi. Olimlarning ta'kidlashicha, salohiyatli xavflar barcha uchun universal rejim foydasini qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Biroq muntazam uyqu va ertalabki yorug‘ nur yordamida biologik soatlarni qisman surish mumkin. 

 

Mavzuga oid