O‘zbekiston | 11:51 / 13.04.2018
9706
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondan Uzoq Sharqqa muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda 

Foto: KUN.UZ

 «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi va S7 Airlines aviakompaniyasi o‘rtasida imzolangan Kod-Sher kelishuvi asosida MAK yo‘lovchilari Toshkent va Namangandan to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya Federatsiyasining Uzoq Sharqida joylashgan - Janubiy-Saxalinsk, Xabarovsk, Vladivostok kabi shaharlariga va ortga parvoz qilishlari mumkin. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Muntazam qatnovlar S7 Airlines aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Novosibirsk shahri aeroporti orqali amalga oshiriladi.

Toshkentdan Janubiy-Saxalinsk, Xabarovsk va Vladivostok shaharlariga qatnovlar dushanba, payshanba va shanba kunlari, shuningdek, Namangan shaharlariga va ortga dushanba kunlari bajariladi.

Mavzuga oid