Eron oliy rahbari: Trampning IShID ustidan g‘alaba haqidagi bayonoti yolg‘on
AQSh prezidenti Donald Trampning Qo‘shma Shtatlar IShID terrorchilik guruhini tor-mor etgani haqidagi so‘zlari – yolg‘on, deya ma'lum qildi Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy.
"Kecha IShIDni ochiq yoki yashirin ravishda qo‘llab-quvvatlaganlar, bugun IShID jangarilari bilan kurash olib borayotgani va ularni tor-mor keltirgani haqida ma'lum qilmoqda. Bu yolg‘on", - deya aytib o‘tdi Xomanaiy. Uning bayonoti Eron davlat telekompaniyasi tomonidan e'lon qilindi.
"AQSh prezidentining Qo‘shma Shtatlar IShIDni tor-mor keltirgani haqida ma'lum qilgan nutqi yolg‘ondir. Aniq va ochiqdan ochiq yolg‘on!" – deya ta'kidlab o‘tdi Eron oliy rahbari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oyatulloh Ali Xomanaiy AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya qurolli kuchlarining Suriyaga zarbasini jinoyat, deb atagandi.
Mavzuga oid
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
15:04
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:27
O‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi: qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi
22:10 / 23.12.2024