O‘zbekiston | 08:25 / 14.04.2018
6959
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyati IIBda voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan maxsus tergov xonalari tashkil etildi 

Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasida voyaga yetmaganlarni audio va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan kompleks namunaviy maxsus xonalar tashkil etildi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi KUN.UZ’ga xabar bermoqda.

Foto: Navoiy viloyati IIB

Ushbu maxsus xonalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilning 18 aprel kunidagi 2898-sonli “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 6-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik A.Boboxonovning 18/42-sonli ko‘rsatmasi talablari ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilgan. 

Foto: Navoiy viloyati IIB

Ma'lumotlarga ko‘ra, ular to‘liq zamonaviy moddiy texnik bazalari bilan ta'minlangan.

Foto: Navoiy viloyati IIB

 

Mavzuga oid