Putin: AQSh qochqinlarning yangi to‘lqini paydo bo‘lishiga turtki beryapti
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma'lum qilishicha, AQShning Suriya hududiga zarbalari mamlakatda gumanitar falokatni chuqurlashtiradi va qochqinlarning yangi to‘lqiniga turtki beradi.
«AQSh o‘z harakatlari bilan Suriyadagi gumanitar falokatni yanada chuqurlashtirmoqda, tinch aholining azob-uqubatini orttirmoqda, yetti yildan beri Suriya xalqini qiynab kelayotgan terrorchilarga yordam bermoqda, bu davlat va mintaqadan qochqinlarning yangi to‘lqiniga turtki bermoqda», - deya aytib o‘tdi Putin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh o‘z ittifoqchilari bilan Suriyadagi harbiy va fuqarolik obektlariga BMT Xavfsizlik Kengashi sanksiyasisiz aviazarbalar berib, BMT nizomi va xalqaro huquq normalarini buzgani haqida ma'lum qilgandi.
Bundan tashqari, uning ma'lum qilishicha, Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini chaqirmoqda.
Mavzuga oid
17:05
AQShda so‘nggi 4 yilda 749 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
15:04
Davlat departamenti AQSh fuqarolarini Belarusni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
12:27
O‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi: qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi
07:50