O‘zbekiston | 10:04 / 18.04.2018
3950
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining vazirlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

Foto: iStock

17 aprelda Dushanbeda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabbor Abduvoxitov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 23-yig‘ilishida ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda iqtisodiyot, madaniyat, turizm, fan va ta'lim sohasidagi, jumladan IHTning Savdo kelishuvini amalga oshirish doirasidagi mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilingan.  

Tomonlar Afg‘onistonga ko‘mak berish dasturini qabul qilishgan hamda IHTning yangi rahbarini tayinlash va byudjyetining yangilangan strukturasi kabi tashkiliy masalalarni muhokama qilishgan.   

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Dushanbe kommyunikesi qabul qilingan.

IHT O‘rta Osiyo va Yaqin Sharq davlatlari o‘rtasidagi mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy tashkilot bo‘lib, 1985 yilda tashkil etilgan. Uning tarkibiga O‘zbekiston, Eron, Pokiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarboyjon va Afg‘oniston kiradi.

Mavzuga oid