O‘zbekiston | 23:19 / 18.04.2018
138877
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning ayrim hududlarida qor yog‘di

Jizzax viloyatining Baxmal tumanida bugun ertalab qor yog‘di. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari noqulay ob-havo tufayli qor ostida qolgan ekin va daraxtlarning fotosuratlarini tarqatishdi.

Ayniqsa, gulini to‘kib, endi meva tugishga kirisha boshlagan daraxtlarga bu qattiq zarba bo‘ldi. Baxmalliklar uchun bu qor chinakam kutilmagan hol bo‘ldi.

Guvohlarning ma'lum qilishlaricha, Farg‘ona vodiysiga eltuvchi Qamchiq dovonida ham qor yog‘gan.

Sinoptiklarning prognoziga ko‘ra, respublikaning tog‘li hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo saqlanib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik ro‘y beradi. Toshkent viloyatining 2100 metrdan baland hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Harorat 2–7 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid