«LUKOYL» Buxoroda Qandim gazni qayta ishlash zavodini to‘liq ishga tushirdi
Rossiyaning «LUKOYL» guruhi Qandim konida gazni qayta ishlash zavodini qurish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini moliyalashtirish uchun 10 yil muddatga 660 million dollar miqdorida kredit jalb qildi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.
LUKOIL Overseas Uzbekistan Ltd qarz oluvchi bo‘ldi. Kredit beruvchilar - ING Bank, UniCredit Bank, Deutsche Bank bank guruhlari. Sug‘urta qoplamasi Korea Trade Insurance Corporation (K-Sure) tomonidan amalga oshiriladi.
«Ushbu bitim O‘zbekiston Respublikasi, Koreya Respublikasi va „LUKOYL“ guruhi o‘rtasidagi moliyaviy hamkorlikning yangi darajasini ko‘rsatadi hamda mintaqada investitsion loyihalarning yuqori darajadagi jozibadorligini tasdiqlaydi», - deyiladi xabarda.
Payshanba kuni «LUKOYL» Qandim gazni qayta ishlash kompleksini to‘liq ishga tushirdi, deya xabar beradi «Interfaks» muxbirlari marosimdan. Loyihaga kiritilgan investitsiyalar hajmi 3,4 milliard dollarni tashkil etdi. Jami investitsiya 5,2 milliard dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
15:57 / 21.12.2024
O‘zbekistonda gaz, neft va benzin ishlab chiqarish kamayishda davom etyapti
07:40 / 21.12.2024