Sport | 00:46 / 20.04.2018
9784
3 daqiqa o‘qiladi

Andijonda o‘q otish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bahslari boshlandi

Andijon shahridagi O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining o‘q otish sport majmuasida yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi musobaqalari boshlandi.

  To‘rt kun davom etadigan bahslarda barcha viloyatlar, Qoraqalpog‘iston respublikasi va Toshkent shahridan tashrif buyurgan jami 110 nafar sportchilar bellashadi.  Musobaqa davomida  qizlar  o‘rtasidagi pnevmatik miltiq(VP-6) va pnevmatik to‘pponcha(PP-3)dan o‘q otish hamda o‘g‘il bolalar o‘rtasida pnevmatik miltiq(VP-6) va pnevmatik to‘pponcha(PP-3)dan o‘q otish yo‘nalishlarida g‘oliblar aniqlanadi.

19 aprel kuni musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng sportchilar bahslarga kirishdilar.

Turnir O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda Respublika texnik  va amaliy sport turlari markazi tomonidan tashkil etildi. Undan ko‘zlangan maqsad, yoshlar o‘rtasida sportning olimpia turlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda 2020 yili Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan  XXXII – yozgi olimpiada o‘yinlariga sportchilarni tayyorlab borishdan iboratdir.    

                                            

                                                        KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid