Jahon | 15:50 / 22.04.2018
7071
2 daqiqa o‘qiladi

Yerevan politsiyasi odamlar yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymayapti

Foto: Reuters

Armaniston poytaxtida Serj Sargsyanga qarshi chiqqan namoyishchilarni qo‘lga olish ishlari davom etmoqda.

«Interfaks» agentligi xabariga ko‘ra, ko‘chalarda odamlar to‘planib turishiga yo‘l qo‘yilmayapti va bunga intilishlar kuch bilan bartaraf etilmoqda.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, qarshilik ko‘rsatganlardan 100 nafarga yaqini qo‘lga olingan.

Yerevan markazidagi Respublika maydonida vaziyat taranglashgan, u yerda namoyishchilarning aksar qismi to‘plangan.

Armaniston politsiyasi fuqarolarni Yerevandagi mitinglar joyidan ketish bo‘yicha ogohlantirmoqda.

«Politsiya yig‘ilishlarni taqiqlash va oldini olish bo‘yicha qarordan keyin barcha namoyishchilarni ortga qaytishga chaqirmoqda. Tashkilotchilar Pashinyan, Mikayelyan va Mirzoyan majburiy ravishda miting joyidan olib ketildi», deyilgan politsiya ma'lumotnomasida.

Bugun muxolifatchilar yetakchisi Nikol Pashinyan va mamlakat bosh vaziri Serj Sargsyan o‘rtasidagi muloqot davom etmasdan, bosh vazir iste'fo bo‘yicha talabni eshitishni istamay muzokara joyini tark etgach, namoyishlarning yangi to‘lqini boshlangandi. Shundan so‘ng, politsiya qat'iy harakat qilib, muxolifat yetakchisini qo‘lga olgani, namoyishchilar maxsus vositalar orqali tarqatib yuborilayotgani to‘g‘risida xabar berildi.

Mavzuga oid