Sport | 00:22 / 22.04.2018
14572
2 daqiqa o‘qiladi

Figu jamoasi xayriya o‘yinida Ronaldino do‘stlarini mag‘lub etdi

UYeFA va BMT tomonidan tashkil etilgan «Birdamlik o‘yini»da Luish Figu jamoasi Ronaldino jamoasini 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Tadbirdan tushgan barcha mablag‘lar xayriya maqsadlarida ishlatiladigan bo‘ldi.

Jyeneva shahrida o‘tgan o‘yinda «Figuning do‘stlari» jamoasiga Dide Desham, «Ronaldino do‘stlari»ga Karlo Anchelotti bosh murabbiylik qildi. Bahsni italiyalik mashhur hakam Perluiji Kollina boshqarib bordi.

Figu jamoasi tarkibida Dida, Vitor Bayya, Michel Salgado, Frank de Bur, Rio Ferdinand, Kristian Kivu, Deyan Stankovich, Rober Pires, Yari Litmanen, Kristian Karambyo, Andrea Pirlo, Raul, Robbi Kin, Nunu Gomesh va futbolchi ayol Kelli Smit ishtirok etdilar. 

Ronaldino jamovasi tarkibida Devid Jyeyms, Antonis Nikopolidis, Juliano Belletti, Kafu, Edmilson, Erik Abidal, Maykl Essen, Yuriy Jorkayeff, Gaiska Mendeta, Ronald de Bur, Xenrik Larsson, Aleksandr Fray, Patrik Klyuyvert va futbolchi ayollar Seliya Shashich, Keysi Stouni ishtirok etdilar.

G‘olib jamoa tarkibida gollarga Raul, Pires, Nunu Gomesh va Salgado, mag‘lublar safida esa Shashich, Fray va Kafu mualliflik qilishdi.

O‘yindan tushgan mablag‘lar UYeFA bolalar fondiga beriladigan bo‘ldi.

Mavzuga oid