Fotoreportaj: Politsiya Yerevandagi namoyishchilarni tumtaraqay qilmoqda
Bugun, 22 aprel kuni Armaniston bosh vaziri Serj Sargsyan va muxolifat rahbari Nikol Pashinyan o‘rtasidagi muloqot muzokara bosqichigacha yetib bormay to‘xtagach, namoyishlarning yangi to‘lqini boshlandi.
Namoyishchilar shahar bo‘ylab marsh uyushtirishdi, ularni kutib olgan huquq-tartibot organlari xodimlari yetakchi muxolifatchilarni - Nikola Pashinyan, Ararat Mirzoyan va Sasun Mikayelyanni qo‘lga oldi.
Namoyish ishtirokchilari esa maxsus vositalar bilan maydonlardan haydalmoqda, fuqarolar yig‘ilib turishi taqiqlangan. Shunga qaramasdan, namoyishchilar poytaxt bo‘ylab tartibsizliklar uyushtirishni davom ettirmoqda.
Yerevanda so‘nggi ikki haftadan beri Serj Sargsyanning bosh vazir etib tayinlanishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda — Sargsyan so‘nggi 10 yil davomida mamlakatga prezidentlik qilgan. Namoyishchilar 17 aprel kuni bosh vazir lavozimiga tasdiqlangan Sargsyanning iste'foga chiqarilishini talab qilmoqda.
Namoyishchilar Yerevandagi ko‘chalarni yopib qo‘ymoqda. Politsiya har kuni o‘nlab, ba'zan yuzlab odamlarni qo‘lga olmoqda. 21 aprel kuni namoyishlarning koordinatorlaridan biri Armen Grigoryanga ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarish ayblovi ilgari surilgandi.
Sargsyanning prezidentlik davrida Armaniston prezidentlik respublikasi edi, biroq u referendum orqali Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritdi va endi parlamentar respublikaga aylangan Armanistonga yana rahbarlik qila boshladi.
Mavzuga oid
09:23 / 05.12.2024
Pashinyan: Armaniston KXShT bilan munosabatlarda hal qiluvchi nuqtadan o‘tdi
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
10:10 / 09.10.2024