Tabiiy ofatlardan jabrlanganlar uchun antiqa osmono‘par bino taklif qilindi (video)
Polshaning Skyshelter.zip kompaniyasi o‘zining yig‘iluvchi origami-osmono‘par bino loyihasi bilan eVolo osmono‘par binolar kontseptlari tanlovida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda eVolo saytida aytilgan.
Yig‘iluvchi osmono‘par bino tabiiy ofatlar – dovul, toshqin va zilzilalardan jabr ko‘rganlarga mo‘ljallangan. Binoni kerakli joyga o‘rnatish uchun vertolyotlar kerak bo‘ladi. Shundan keyin bino tomi ostida geliyli ballon shishiriladi va buning natijasida butun konstruksiya qad rostlaydi. Osmono‘par bino ichida yotoqxonalar va tibbiy xonalarni joylashtirish mumkin. Bino uning vertikal devorlaridagi quyosh batareyalari evaziga elektr energiya bilan ta'minlanadi.
Loyihaga ko‘ra, inshoot joyni egallamasligi va qolgan jabrlanganlar uni uzoqdan payqay olishlari uchun ko‘p qavatli bo‘lishi kerak.
Aytish joizki, hozirda taniqli bo‘lgan arxitektorlarning ko‘pchiligi o‘z faoliyatlarini aynan turli tanlovlardagi g‘alabalardan boshlashgan.
Mavzuga oid
23:25 / 13.12.2024
Londonda 300 metrli ofis binosini qurishga ruxsat berildi
23:40 / 18.11.2024
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
19:31 / 07.09.2024