Jamiyat | 11:17 / 24.04.2018
30058
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan va jabrlangan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

Foto: tengrinews

Joriy yilning 21 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyati Korday tumani hududida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani, buning oqibatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jabrlangani xabar qilingandi.

2018 yilning 23 aprel kuni soat 6:00da O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasidagi elchixonasi vakili boshchiligida 5 nafar jabrlangan va 2 nafar vafot etgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanga olib kelindi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent viloyati «G‘ishtko‘prik» chegara postida Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari vakillari tomonidan ularni kutib olish ishlari tashkillashtirildi. Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklari vakillarining kuzatuvi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus transportida ikki nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari Farg‘ona viloyatiga yetkazilib, yaqin qarindoshlariga topshirildi.

Besh nafar jabrlangan Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga davolanish uchun joylashtirildi.

Hozirgi vaqtda Davlat Madatov (1987 y.t.) hamda Baxtiyor Xolmirzayev (1994 y.t.) Qozog‘iston Respublikasining Korday tumanidagi Markaziy shifoxonada malakali tibbiy yordam olishmoqda.

 

Mavzuga oid