O‘zbekiston | 20:59 / 24.04.2018
48831
1 daqiqa o‘qiladi

Rajab Toyyip Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi qachon amalga oshirilishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘an joriy yilning 29 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keladi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Turkiya yetakchisi 29 aprel - 1 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib, prezident Shavkat Mirziyoyev bilan asosan iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama etishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, madaniy va sayyohlik loyihalariga sarmoya kiritish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, qurilish materiallari, tekstil, farmatsevtika va boshqa shu qator sohalarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan hamkorlik shartlari kelishib olinadi.

Xabar qilinishicha, prezident Erdo‘g‘an O‘zbekistondan so‘ng, Janubiy Koreyaga tashrif buyurishi ham rejaga kiritilgan.

Mavzuga oid