Jahon | 09:17 / 24.04.2018
11292
1 daqiqa o‘qiladi

Toronto fojiasi. Qurbonlar soni oshdi

Foto: Vincent Elkaim/Canadian Press

Torontoda mikroavtobusning piyodalar ustiga haydab borilishi oqibatida jabrlanganlardan biri hayotdan ko‘z yumdi. Shu tariqa, hodisa qurbonlari soni 10 kishiga yetdi. Bu haqda ABC News politsiya ma'lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.

Telekanal manbasi xabariga ko‘ra, politsiya mikroavtobusning qo‘lga olingan haydovchisi shaxsini aniqlab bo‘lgan.

Shuningdek politsiyadan ta'kidlashlaricha, aftidan mikroavtobus piyodalar ustiga atayin haydab borilgan, biroq bu terakt bo‘lgani haqida ko‘rsatma hozircha berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Torontoda oq tusli mikroavtobus piyodalar yo‘lkasiga chiqib, yo‘lovchilarni urib ketgan. Favqulodda hodisa shaharning Yong-strit va Finch avenyu ko‘chalari kesishmasida sodir bo‘lgan. Politsiya ushbu xatti-harakatni amalga oshirgan haydovchini ushlagan.

 

Mavzuga oid