AQSh senatorlari banklardan rossiyalik oligarxlar haqidagi ma'lumotni ochiqlashni talab qilishdi
Amerikalik senatorlar Sheldon Uaytxaus va Jinn Shaxin jahondagi eng yirik banklardan rossiyalik oligarxlar bilan aloqalari to‘g‘risidagi ma'lumotni ochiqlashni talab qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, senatorlarning tegishli xati AQShdagi uchta bank: Bank of America Corp, JPMorgan Chase va Citibank’ga, shuningdek Yevropadagi Barclays, Deutsche Bank, UBS, HSBC hamda Credit Suisse’ga yuborilgan.
«Rossiyadagi ko‘plab oligarxlar ularning boyligi va o‘z davlatiga bo‘lgan munosabati e'tiborga olinsa, siyosiy ta'sirga ega, yoki bunga qodirdir», - deyiladi senatorlarning maktubida.
Aniqlik kiritilishicha, banklar besh yil davomida «Kreml ro‘yxatidan» bo‘lgan istalgan shaxsning nazoratidagi hisoblar borligini tekshiruvdan o‘tkazgani bo‘yicha xabar berishi lozim.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyada oligarxlar yo‘qligi haqida ma'lum qilgandi.